30 noy 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeff Xorn Kroufordni revansh jangiga chorladi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida sobiq WBO chempioni Jeff Xorn ushbu kamarning hozirgi egasi amerikalik Terens Kroufordga qarshi revansh jangi o'tkazish taklifi bilan chiqdi.
“Kroufordga qarshi jang Yashil qitada o'tkazilishi kerak. Faqat hozir hammasi amerikalik bokschiga qancha gonorar taklif qila olishimizga bog'liq bo'lib turibdi”, - dedi Xorn.
Eslatib o'tamiz, Terens Krouford va Jeff Xorn o'rtasidagi ilk jang shu yilning iyun oyida o'tkazilgan va unda Terens raqibini muddatidan avval mag'lub etgan edi. Xorn undan oldinga jangida Menni Pakyaodan ustun kelgandi. Bugun Xorn 43 yoshli Entoni Mandaynga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar