11 mar 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Jek Pol Makgregor - Masvidal qarama-qarshiligi haqida gapirdi
Taniqli bloger, jang sanatiga qiziquvchi Jek Pol Konor Makgregor uchun eng yaxshi raqib Xorxe Masvidal ekanligini aytdi.
"Biz Konor Diasni yuta olmasligini bilamiz. Masvidal - Makgregor jangi to'g'riroq bo'ladi.
Imkoniyatlar 50/50, jangda nokaut bo'ladi. Ikkisi ham urushishni biladi, ikkisining ham iyagi zaif", - deb yozgan Pol o'z tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Masvidal so'nggi jangini UFC 272 turniri doirasida Kolbi Kovingtonga qarshi o'tkazib, ochkolar evaziga mag'lubiyatga uchradi. Bu Masvidal uchun faoliyatidagi 16-mag'lubiyat bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar