10 fev 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Jermell CHarlo 11 mart kuni WBC kamarini himoya qiladi
Professional boksning birinchi o'rta vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jermell CHarlo ilk chempionlik himoya jangini o'tkazadi.
Amerikalik 26 yoshli bokschi ushbu vaznda WBC chempioni hisoblanadi. Ilk himoya jangi 11 mart kuni AQSHda bo'lib o'tadi.
CHarloning raqibi WBC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik 31 yoshli CHarlz Xetli bo'ladi. Xetli o'zining so'nggi jangida avstraliyalik taniqli bokschi Entoni Mandaynni nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar