22 jan 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Jervont Devis Pakyao bilan jang qilish istagini bildirdi
Amerikalik bokschi, 130 funt og'irlikda WBA yo'nalishi chempioni Jervont Devis afsonaviy Menni Pakyaoga qarshi ringga chiqmoqchi.
Bokschining bu chorlovi ommaning keskin etiroziga ham sabab bo'ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda boksga befarq bo'lmagan insonlar Jervontning bu istagini ommaning etiborini o'ziga tortish, o'xshamagan reklama sifatida qabul qilishdi.
Bu jangning o'tkazilish ehtimoli juda ham past, yo'q desa ham bo'ladi. Boisi, Menni Pakyao 2009 yildan to shu kungacha yarim o'rta vazn toifasida jang o'tkazib kelyapti va vaznni o'zgartirish rejasi yo'q. O'tgan kuni u Las-Vegasdagi “MGM Grand” arenada Edrien Bronerni mag'lub etib, WBA Regular chempionlik kamarini himoya qilgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar