07 noy 15:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Jessi Vargas: “Menni Pakyaoning tezligi meni hayron qoldirdi”
Endilikda yarim o'rta vazn toifasining WBO yo'nalishida sobiq jahon chempioni Jessi Vargas filippinlik Menni Pakyaoga qarshi o'tkazgan jangi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Pakyao bilan jangim xuddi shaxmat o'yiniga o'xshab ketdi. Raqibim juda ham tez harakat qildi. Ochig'i, bu meni hayron qoldirdi. Ikkinchi raunddagi nokdaun holatim esa meni uyqudan uyg'otgandek bo'ldi. Muxlislarimdan mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. Bu jangdan yaxshigina saboq oldim”, - dedi amerikalik 27 yoshli bokschi.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni tongda 37 yoshli filippinlik boks afsonasi Vargasni mag'lubiyatga uchratib, unga tegishli chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar