27 apr 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Jessi Vargas muddatidan avval Sotoni mag'lub etdi
Birinchi yarim o'rta hamda yarim o'rta vazn toifalarida sobiq jahon chempioni Jessi Vargas AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida navbatdagi jangini o'tkazdi.
Vargas birinchi o'rta vaznda o'tkazilgan jangda yana bir sobiq jahon chempioni Umberto Sotoga qarshi ringga ko'tarildi. Ikkinchi raundda Jessining qovog'i yorildi, lekin shifokorlar uning jangni davom ettirishiga ruxsat berdi.
Oltinchi raundda jang to'xtatildi. Vargas kuchli zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Soto o'rnidan tura oldi, ammo yana ketma-ket zarbalar o'tkazib yubordi. Natijada referi jangni to'xtatdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar