15 avg 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Jessi Vargas Pakyaoni mag'lub etishga vada berdi
Professional boksning 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik 37 yoshli Menni Pakyao o'zining navbatdagi jangini 5 noyabr kuni o'tkazadi.
U shu kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni amerikalik 27 yoshli Jessi Vargasga qarshi ringga ko'tariladi. Vargas bo'lajak jangda Pakyaoni mag'lub etib, yangi yulduz bo'lishga vada berdi.
“Men dunyoni hayratda qoldirishni maqsad qilganman. Jessi Vargas kim ekanligini butun dunyo biladi. 5 noyabr kuni Menni Pakyaoni mag'lub etaman va yangi boks yulduziga aylanaman. SHunda hamma men haqimda gapiradi”, - dedi Vargas.
Havola :
Fikrlar