24 mar 10:20
Yangiliklar

Jeyk Pol Konorga qarshi jang uchun eng yaxshi murabbiylar bilan mashg'ulot o'tkazadi
"Kim aytdi meni tashvishlanmayapti deb? Konor 15 yildan beri shug'ullanadi. Ammo, yaxshi jang qilayotganimni hisobga olsak, imkoniyatim borligini bilaman. Men olti oy davomida dunyodagi eng yaxshi MMA murabbiylari bilan ertalab, tushlik va kechqurun mashg'ulot o'tkazaman va favorit bo'lishga harakat qilaman.
Konor, sen butun umr xudbinlik qilding. Sen boy insonsan. Mening taklifimni qabul qil. Kattaroq ish qilaylik. Men tayyorman”, — deya Polning so'zlarini keltiradi The Sun.
2021 yil dekabr oyida Pol boshqa bir UFC'ning sobiq chempioni, amerikalik Tayron Vudlini boks bo'yicha revansh jangida nokautga uchratib, o'zining boksdagi g'alabali seriyasini beshtaga etkazgandi.
Jeyk MMA'da o'zini sinab ko'rish istagini bir necha bor bildirgan. SHuningdek, u uzoq vaqtdan beri turli chiqishlar bilan UFC prezidenti Dana Uaytning jig'iga tegib kelmoqda.
Fikrlar