01 mar 07:58
Yangiliklar

Jeykobs Golovkin - "Kanelo" janglarida kim g'alaba qozonganini aytdi
Amerikalik jahon chempioni o'z intervyusida qozog'istonlik Gennadiy Golovkin hamda meksikalik Saul Alvares o'rtasida o'tkazilgan janglarga ham to'xtalib o'tdi.
"To'g'risini aytsam, bu ikki bokschi o'rtasidagi ikkala jangda ham Golovkin g'alaba qozongan edi. Ha, ikkinchi jang yaqin masofada o'tkazildi. Lekin baribir kamida durang bo'lishi kerak edi. Bir so'z bilan aytganda Golovkin ikkala jangda ham "Kanelo"ni mag'lub etdi", - dedi Jeykobs.
Eslatib o'tamiz, Golovkin va "Kanelo" o'rtasidagi ilk jang 2017 yilning sentyabr oyida o'tkazilgan va durang natija bilan yakunlangandi. Bir yil o'tib esa meksikalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, o'rta vaznda WBA Super va WBC chempioniga aylangan edi.
Fikrlar
D..b xakamlar