22 jan 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeykobs va Alvares har 1 kg ortiqcha vazn uchun 300 000 dollar to'laydi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBA va WBC yo'nalishlari chempioni Saul Alvares IBF kamari sohibi Deniel Jeykobsga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang tashkilotchilari har ikki jahon chempioni oldiga jiddiy shart qo'yishdi. Unga ko'ra, qaysi bokschi jang kuni belgilangan 170 funtdan ortiq vaznga ega bo'lsa, jarima to'laydi.
Jarima miqdori har bir kilogramm ortiqcha vazn uchun 300 000 dollar miqdorida belgilandi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi may oyida Nyu-York yoki Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar