26 okt 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyms Digeyl va Badu Jek birlashtiruvchi chempionlik jangida
14 yanvar kuni uzoq kutilgan professional boks oqshomlaridan biri bo'lib o'tadi.
Bu haqda Showtime telekanali xabar berdi. Ushbu chempionlik jangi 14 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Unda ikkinchi o'rta vazn toifasida IBF chempioni bo'lib turgan britaniyalik Jeyms Digeyl (23-1, 14KO) hamda WBC chempioni shveciyalik Badu Jek (20-1-2, 12KO) o'zaro jangda ringga ko'tarilishadi.
Mazkur birlashtiruvchi chempionlik jangini tashkil etish bo'yicha bir yildan beri muzokara o'tkazilayotgan edi. SHu yilning aprel oyida bokschilar bitta boks kechasida o'z janglarini o'tkazishdi. O'sha jangdan so'ng bokschilar birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazish bo'yicha kelishib olishgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar