04 dek 07:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Jiddiy chorlov! Tayson Fyuri Joshuaga “vyzov” tashladi
Superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining ishtahasi ochildi.
Britaniyalik sobiq jahon chempioni ayni paytda bir yo'la to'rtta jahon chempionlik kamarlarini o'zida saqlab turgan engilmas Entoni Joshuaning ringga chorladi.
“Biz Buyuk Britaniyaga mamlakat boks tarixidagi eng katta jangni olib kelishimiz kerak. Bu men va Joshua ishtirokidagi jang. Mamlakat ham buni xohlamoqda, tabiiyki men ham. Bu jangni birgina Joshuaning jamoasi istamayapti”, - dedi Fyuri “Good Morning Britain”ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, yakshanba tongida Tayson Fyuri shov-shuvli tarzda amerikalik jahon chempioni Deontey Uaylder bilan durang natija qayd etgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar