So’nggi yangiliklar

10:24Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи куни ҳам 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:03Асламжон Ортиқов ONE FC'даги олтинчи ғалабасини қўлга киритди 0 09:42Саиджамшид Жафаров проф боксда дебют қилади. Сана, манзил ва рақиб маълум! 0 09:21"Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик 0 09:00Ўзбекистон чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:39Конор Макгрегор жинсий тажовузда айбдор деб топилди, унга катта жарима белгиланди 0 08:18Манба: Шаҳрам Ғиёсовнинг Эймантас Станионисга қарши чемпионлик жангининг эҳтимолий санаси ва манзили маълум 0 07:54"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 07:32Оғир атлетикачиларимиз жаҳон чемпионати ўтказиладиган Баҳрайнга жўнаб кетишди 0 20:33Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионатида бир қанча россиялик спортчилар иштирок этиб, ғолиб ва совриндор бўлишмоқда 0 18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0

30 apr 18:36
Yangiliklar

Boshqalar

Jismoniy tarbiya va sport tizimida masofaviy talimning yutuq va kamchiliklari

Koronavirus pandemiyasi butun insoniyat, shu jumladan sportchilar hayot tarzini ham o'zgartirib yubordi, masofaviy ish va masofadan turib talim olish, xizmatlar qatorida talim tizimi ham tezda onlayn formatga o'tishga majbur bo'ldi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Maxmudjon Boltabaev bilan universitetda karantin paytida olib borilayotgan talim va uning tasiri haqida suhbatlashdik.

Foto: Maxmudjon Boltabaev - O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor

- Universitetda onlayn o'qitish kursini tashkil qilish uchun mo'ljallangan platformada barcha zaruriy elementlar yaratilganmi?

- Universitet o'quv jarayonining uzluksizligini taminlash va talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib metodik qo'llab-quvvatlash maqsadida 2019/2020 o'quv yili bahorgi semestr fanlari bo'yicha masofaviy talim tizimi to'liq yo'lga qo'yildi. http://moodle.uzdjtsu.uz/moodle/ masofaviy talim tizimiga bahorgi semestr bo'yicha 7 ta talim yo'nalishi hamda 2 ta magistratura mutaxassisliklari uchun 98 ta fandan o'quv adabiyotlari, o'quv-uslubiy majmualar va boshqa manbalar professor-o'qituvchilari tomonidan platformaga joylashtirildi.

Hozirda universitetning barcha talabalari http://moodle.uzdjtsu.uz/moodle/ masofaviy talim tizimida ro'yxatdan o'tib, o'z yo'nalishlari bo'yicha uyda turib talimni davom ettirmoqda.

Masofaviy talim qamrovini oshirish maqsadida talabalarimiz uchun masofaviy talim platformasidan foydalanish bo'yicha video yo'riqnomalar ishlab chiqildi. SHuningdek, universitet professor-o'qituvchilari tomonidan vebinar texnologiyalari asosida maruzalar tashkil etish boshlandi. Maruzachi o'qituvchilar masofadan turib ishlash, o'qish va muloqot qilishga mo'ljallangan Zoom dasturidan foydalangan holda videokonferenciya ko'rinishida maruzalar o'tishni boshladi.

SHu bilan birga yangi tizim orqali ishlashda muammolar ham mavjud. Bu boradagi elektron manbalar miqdori etarli emasligi, talim resurslariga joylanayotgan materiallar asosan umumkasbiy fanlardan bo'lib, mutaxassislik fanlaridan malumotlar talabalarning ehtiyojlarini to'liq qamrab olmaydi. SHuningdek, talabalar asosan, respublikaning turli viloyatlaridan bo'lib, ularning barchasida kompyuter texnologiyalari, yuqori tezlikdagi internet va mobil internetdan foydalanish imkoni mavjud emas. Masofaviy talim tizimida talabalarning bilimini baholashning samarali va shaffofligini kamaytiradi. Joriy va oraliq nazorat sinovlarni o'tkazish jarayonida talabalar tomonidan vazifalar shaxsan bajarilishini nazorat qilish imkoni mavjud emas.

Yuqoridagi muammolarning oldini olish borasida professor-o'qituvchilar talabalar bilan turli masofaviy ko'rinishlarda, jumladan, telegramm guruhlari, kanallari va boshqa tizimlar orqali on-line tarzda muloqotga kirishib, fanlar bo'yicha tegishli mavzularni muhokama qilgan holda talabalarga maslahatlar berib bormoqda.

- Barcha professor-o'qituvchilar masofaviy talimga jalb qilinganmi?

- Universitetimizda faoliyat olib borayotgan 356 nafar professor-o'qituvchidan 326 nafari masofaviy talimga jalb qilingan bo'lib, shundan 292 nafari bevosita onlayn dars-mashg'ulotlarini olib borishmoqda. Qolgan 34 nafar professor-o'qituvchilarga o'quv-metodik qo'llanmalar, ilmiy maqolalar hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ishlar taqsimlangan. Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish va o'quv jarayonini sifatli tashkil etishni taminlash bo'yicha kafedralarda doimiy ravishda monitoring o'tkazib borilmoqda. Mazkur jarayonda kafedralarning ishchi o'quv reja va ishchi fan dasturi, namunaviy o'quv rejasi, auditoriyalarning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, maruzalarning elektron shakllari, kafedraning reyting nizomi, barcha talim yo'nalishlari uchun DTS va malaka talablari bilan taminlanganlik kabi masalalar ko'rib chiqilmoqda.

- Universitetning professor-o'qituvchilari masofaviy talimni tashkil etish bo'yicha pedagogik dasturiy vositalar va axborot-kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalariga egami?

- Masofadan o'qitish tizimi zamon bilan hamqadam bo'lgan professor-o'qituvchilar uchun juda qulay usuldir. O'qituvchi internetga kiradi va tasdiqlangan darslar asosida saytga va yoki maxsus ijtimoiy tarmoq kanaliga o'zining video maruzalarini, savol va topshiriqlarini joylab boradi.

Masofaviy talimning yana bir afzalligi shundaki, unda talabalar o'ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda bilim olishi, professor-o'qituvchilarni tanlashi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli professor-o'qituvchilar o'z bilimlarni oshirib borishiga sabab bo'lib, talim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Karantin elon qilingan vaqtdan boshlab Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi tomonidan Oliy talim muassasalari professor-o'qituvchilari uchun “Masofaviy talimni tashkil etish texnologiyalari” va “Ingliz tilini o'rganish” masofaviy kurslari yo'lga qo'yildi.

Mazkur masofaviy kurslarning maqsadi professor-o'qituvchilarning Masofaviy talimni tashkil etish, boshqarish mahoratlarini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek ularning ingliz tilini o'zlashtirishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishdan iborat.

Professor-o'qituvchilar ushbu kurslarda o'qishlari asosida masofaviy talimni tashkil etish bo'yicha pedagogik dasturiy vositalar va axborot-kommunikaciya texnologiyalari, elektron o'quv kontentlarini yaratish ko'nikmalariga ega bo'ldilar. SHuningdek, ingliz tili bo'yicha boshlang'ich yoki davom ettiruvchilar uchun alohida kurslarda o'zlarining til ko'nikmalarini rivojlantirmoqdalar.

- Universitetning o'ziga xosligidan kelib chiqib qaraydigan bo'lsak talabalarga masofaviy talim qanchalik to'g'ri bo'lishi mumkin?

- Hozirgi kunda universitet talabalari va professor-o'qituvchilari bir-biridan olisda bo'lsa-da masofaviy talim tizimida ular o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'lishmoqda. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish jarayoni uzviy davom etishiga imkon beradi. Buning natijasida talim oluvchilar uzluksiz mustaqil talim olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

O'ylaymanki biz hozirgi paytda jismoniy tarbiya va sportda masofaviy talim tizimini rivojlanishining dastlabki bosqichini boshlab berdik. Joriy yilning sentyabr oyidan sirtqi, maxsus sirtqi hamda kunduzgi talimda tahsil olayotgan terma jamoa azolari hisoblangan talabalarimizni masofaviy tarzda o'qitishni tashkil etsak ham bo'ladi.

Bunga sabab sirtqi, maxsus sirtqi hamda kunduzgi talimda tahsil olayotgan terma jamoa azolari hisoblangan talabalarimiz amaliyotni ish faoliyatida uzluksiz olib borishadi. Ularning ko'pchiligi bolalar va o'smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o'smirlar sport maktabi, oliy mahorat sport maktabi, oliy sport mahorati maktabi, respublika oliy sport mahorati maktablarining trenerlari hisoblanishadi.

Agarda biz ushbu tizimni joriy etsak jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga, talabalarga ko'plab imkoniyat va qulayliklar yaratgan bo'lamiz.

Birinchidan, sirtqi, maxsus sirtqi hamda kunduzgi talimda tahsil olayotgan terma jamoa azolari hisoblangan talabalarimizga masofaviy talim tizimida umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan malumotlar onlayn tarzda etkazilib, ularning faoliyatini uzluksiz olib borishga zamin yaratiladi;

Ikkinchidan, talabalar faoliyat olib borayotgan sport maktabi o'quvchilarning sport mashg'ulotlarini tanaffussiz olib borish imkoniyati paydo bo'ladi.

Mazkur talimning yana bir afzallik tomoni, unda o'qish muddatini talaba o'zi belgilaydi, yani talaba ixtiyoriy paytda bilim olishni boshlaydi, materiallarni o'qituvchi nazoratida o'zlashtiradi.

SHuningdek, masofaviy talimning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari ham mavjud bo'lib, masalan, o'qitish uchun talabalarga auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Talabalarning universitetga kelib ketish vaqti, yo'l kira, ijara va boshqa xarajatlari tejalishiga imkon yaratadi.

Yana bir muhim jihatni etibordan chetda qoldirmaslik zarur. Universitet sport yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlash talim muassasasi hisoblanadi. SHuning uchun ham kunduzgi talim shaklida sportda pedagogik mahoratni oshirish fani talim jarayonini 60-70 foizini tashkil etadi. Bu eng avvalo talabalarning sport yo'nalishlaridan kelib chiqib, ularda texnik, taktik bilimlarini oshirish sir-asrorlarini puxta egallashlari uchun zamin yaratadi.

SHundan kelib chiqib kunduzgi talim shaklida o'qiyotgan talabalarning masofaviy talimda sportda pedagogik mahorat fanini to'liq o'zlashtirishida muammolar kelib chiqish mumkin:

- sportchi talabalar amaliy mashg'ulotlarni murabbiy nazorati ostida olib bormasligi;

- murabbiy tomonidan talabalarning mashg'ulot olib borishidagi xato va kamchiliklarini to'g'rilash imkoni mavjud emasligida ko'rishimiz mumkin.

Yuqoridagi muammolarni hal etish maqsadida universitetda masofaviy talim tizimida o'qituvchi-murabbiylar tomonidan o'quv mashg'ulotlar videotasvirga olingan holda talabalarga onlayn tarzda etkazilib, vazifalar berilmoqda.

SHu bilan birga yangi o'quv yili boshida darsdan keyin sportda pedagogik mahoratni oshirish fanini talabalar to'liq o'zlashtirishlari uchun mutaxassislik kafedralari hamda universitet sport klubida qo'shimcha mashg'ulotlar yo'lga qo'yish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

- Bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy imtihonlari qanday tartibda amalga oshiriladi?

- O'quv yilining bu davriga kelib bitiruv bosqichi talabalarining nazariy va amaliy bilimlari puxta o'zlashtirilgan bo'lib, o'quv mashg'ulotlari deyarli yakunlangan. SHundan kelib chiqib, yakuniy davlat attestaciyasini davlat imtihoni shaklida (bakalavr bitiruvchilarga on-layn test sinovlari, magistraturada on-layn himoya va boshqa shakllarda) o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak masofaviy talim jarayoni muttasil takomillashtirilib borilmoqda. Masofaviy talim bilim va tajribaga ega bo'lgan har bir shaxsga boshqalar bilan o'z salohiyatini bo'lishish uchun imkon beradi. Bu jarayon talim beruvchi va talim oluvchi uchun manfaat keltirishi zarur. SHu maqsadda universitet Kengashi azolari va kafedra mudirlarining onlayn videokonferenciyalari o'tkazilib, unda bu boradagi ilg'or tajribalar keng ommalashtirilmoqda, ayrim muammolar echimi hal etilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing