16 iyu 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Dyubua: "Usikning ojiz nuqtalari bor"
Daniel Dyubua Aleksandr Usikka qarshi revansh jangi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Men boshqacha bokschiga aylandim. Avvalgi harakatlarimni qilyapman, lekin ancha yaxshiroq tarzda. Men otamning orzusini amalga oshiryapman — u meni hali bokschi bo'lmasimdan oldin ham superog'ir vazn toifasida jahon chempioni bo'lishimga ishongan. U meni Frenk Bruno yoki Lennoks Lyuis singari afsona bo'lishimni istagan.
Usik barcha narsaga erishdi. Lekin mening vazifam — uning kuchli jihatlarini sindirish. Uning ojiz tomonlari bor", – dedi jahon chempioni Daniel Dyubua.
Eslatib o'tamiz, Usik va Dyubua o'rtasidagi jang 19 iyul kuni "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar