16 iyu 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Fyuri bilan trilogiya haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Aleksandr Usik Tayson Fyuri bilan uchinchi jang bo'lishi haqidagi malumotni rad etdi.
Avvalroq Tayson Fyuri Usik bilan uchinchi jang bo'lishini elon qilgan va bahs 2026 yil 18 aprel kuni “Uembli” stadionida bo'lib o'tishini aytgan edi.
"Men Taysonni ayblamayman, lekin u bilan nima bo'layotganini tushunmayapman. Bu haqda hech narsa bilmayman, hatto bunday narsani o'ylaganim ham yo'q.
Biz 2026 yilda jang qilamizmi? Sen axmoq bo'lib qoldingmi?! Bu haqda gaplashishimiz mumkin — faqat Daniel Dyubua bilan jangdan keyin", — dedi jahon chempioni Aleksandr Usik.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar