16 iyu 17:53
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan yana biri Eronga yo'l olmoqda
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurov faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin.
"Al Fayha" bilan shartnomasi yakuniga etgan tajribali xavbekka "Persepolis" qiziqmoqda. Bosh murabbiy Vohid Hoshimyanning shaxsan o'zi uni jamoada ko'rmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, "Persepolis" ayni paytda o'zbekistonlik yarim himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Transfermarkt portali 29 yoshli SHukurovni 1,8 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Persepolis"da O'zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Oston O'runov to'p tepadi.
Havola :
Manba : footballi.net
Fikrlar