16 iyu 15:17
Yangiliklar

Floyd Meyvezer va Menni Pakyao revansh borasida muzokara olib bormoqda
Bu haqda sport jurnalisti Lens Pagmayr amerikalik bokschining jamoasiga tayanib xabar berdi.
"Bugun Las-Vegasga Menni Pakyao jangini yoritish uchun etib kelganimda, Floyd Meyvezerning boks zaliga kirdim. U erdagi odamlar Floyd jangga kelishi haqida aytishdi.
“Muzokaralar boshlangan. Agar Menni g'alaba qozonsa, bu revansh milliardlab dollar turishi mumkin”, deyishdi», – deb yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqda.
Menni Pakyao to'rt yillik tanaffusdan so'ng professional faoliyatini qayta tiklamoqda, Floyd Meyvezer esa 2017 yilda Konor MakGregorni o'ninchi raundda texnik nokautga uchratganidan beri professional jang o'tkazmagan.
Meyvezer va Pakyao o'rtasidagi 2015 yil may oyidagi jang 4,6 milliondan ortiq pulli translyaciya sotuvi bilan tarixdagi eng daromadli jang sifatida qolmoqda.
Fikrlar