So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

20 iyu 15:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Meyvezer - Zambidis jangi barbod bo'lish xavfi ostida qoldi

Bir kun avval sobiq chempion kichik Floyd Meyvezerni shartnomani buzganlikda ayblagan CSI Sports Events kompaniyasi nafaqat uni sudga berdi, balki 27 iyun kuni Greciyada o'tishi kerak bo'lgan Meyvezerning Mayk Zambidisga qarshi jangiga aloqador barcha tashkilotlarga sudgacha bo'lgan davolarni yubordi.

Natijada, ushbu jangni translyaciya qilmoqchi bo'lgan DAZN strim servisi boks oqshomini o'z dasturidan olib tashladi, Ticketmaster esa shouga chiqarilgan chiptalar sotuvini to'xtatdi.

CSI Sports Events malumotlariga ko'ra, Meyvezer o'tgan yili Mayk Tayson va Menni Pakyaoga qarshi janglarini tashkil etish bo'yicha eksklyuziv huquqlarni ushbu kompaniyaga topshirgan va buning uchun 4,65 million dollar avans olgandi. SHartnoma shartlariga ko'ra, Meyvezer CSI Sports oldidagi majburiyatlarini bajarmaguncha boshqa janglarda qatnashish huquqiga ega emas edi. Biroq, avans olganidan ko'p o'tmay, u Mayk Zambidisga qarshi jangini elon qildi.

Eslatib o'tamiz, Pakyao va Meyvezer allaqachon revansh jangi uchun shartnoma imzolagan, biroq uning aniq sanasi va joyi hali aniqlanmagan: 19, 25 va 26 sentyabr sanalar hamda Las-Vegasdagi turli arenalar oqshom manzili uchun aytilmoqda.

Mayk Taysonga qarshi ko'rgazmali jangga kelsak, u dastlab 25 aprelga rejalashtirilgan edi, keyin 30 mayga (Taysonning jarohati sabab) va biroz keyinroq kuzga ko'chirildi. Ushbu jang Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasa shahrida Muhammad Ali va Jorj Forman o'rtasida bo'lib o'tgan afsonaviy jangning kuniga to'g'ri kelishi rejalashtirilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing