27 iyu 16:55
Yangiliklar
Jervonta Devis "tatildagi chempion" deb elon qilindi, WBA kamari uchun kimlar jang qilishi malum
Bu borada WBA tomonidan elon qilingan bayonotda aytilishicha, tashkilot Devisning "huquqiy holatini o'rganib chiqdi" va qonun bilan bog'liq muammolar unga "qisqa va o'rta muddatli istiqbolda chempionlik majburiyatlarini bajarishga" imkon bermaydi, degan xulosaga keldi.
Eslatib o'tamiz, Devis hozirda 2025 yil oktyabr oyida sobiq turmush o'rtog'iga hujum qilgani uchun sudlanmoqda.
Bo'sh qolgan kamar endi WBA reytingining birinchi va ikkinchi raqamli jangchilari Floyd Skofild (19-0, 13KO) va Lukas Badi (20-0, 15KO) o'rtasida o'ynaladi.
Jervonta Devis WBA tomonidan "tatildagi chempion" maqomini oldi, bu unga ringga qaytishga tayyor bo'lganida amaldagi chempion bilan darhol jang qilish huquqini beradi.

Fikrlar