17 iyu 08:17
Yangiliklar

Usik - Dyubua to'qnashuvi uchun 90 000 ta chipta sotildi
Bu haqda promouter Frenk Uorren malum qildi.
"Biz 90 000 dan ortiq chipta sotdik. Menimcha, stadiondagi barcha joylar shanba kunigacha sotilib ketadi, chunki Buyuk Britaniyada hamma Aleksandr Usik kim ekanligini biladi. U har bir britaniyalik bokschini mag'lub etgan, shuning uchun ham juda mashhur. Danielni mag'lub etdi, garchi bu jang natijasi bahsli bo'lsa ham. Ammo Dyubua o'shandan beri muvaffaqiyatli seriyaga ega — kuchli raqiblar ustidan uchta ajoyib g'alaba. Danielning so'nggi jangi "Uembli"da 96 000 tomoshabin ko'z o'ngida bo'lib o'tgan, o'shanda u britaniyalik muxlislarning sevimli bokschisi Entoni Joshuani nokautga uchratgan. U hali yosh, endigina 27 yoshda, bu uning faoliyatidagi juda muhim lahza. Agar u Usikni mag'lub etsa, "Uembli"da doimiy bokschi bo'ladi", deydi Uorren.
Jang 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar