So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

08 jan 18:02
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi - 2020 yilning eng namunali vazirligi nominaciyasida sovrindor bo'ldi

O'zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan o'tkazilgan ananaviy Yil tanlovi so'rovnomasida “2020 yilning eng namunali vazirligi yo'nalishida faxrli 2-o'rinni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Madaniyat vazirligi egalladi.

Takidlash kerak, so'nggi yillarda mamlakatimizda sport infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muhimi, jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan etibor orqali millat genofondini sog'lomlashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. Sog'lom millat esa ko'p narsaga qodir bo'ladi.

Karantin davrida xalqimizni uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga davat etish maqsadida qator chellenjlar o'tkazildi va bu jarayon hamon davom etmoqda.

Joriy yilda aholining turli qatlamlarini qamrab oladigan ommaviy sport tadbirlariga keng o'rin beriladi. Maqsad aniq — yurtdoshlarimiz orasida faol sog'lom turmush tarzi ko'nikmasini shakllantirish, aholi salomatligini yanada mustahkamlash.

«Yil tanlovi» so'rovnomasi g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va maxsus sovrinni qabul qilib oldilar.

O'z navbatida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi avvalo ushbu yuksak etirofni oqlash, qolaversa hukumatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasiga berilayotgan etiborga munosib javob qaytarish yo'lida astoydil xizmat qiladi. Umid qilamizki, 2021 yilning eng yirik va muhim musobaqasi - Tokio olimpiadasida Vatanimiz sportchilari har qachongidan muvaffaqiyatli ishtirok etgan holda avvalo yurtboshimiz, qolaversa xalqimiz ishonchini oqlaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing