27 okt 10:52
Yangiliklar
Joao Fonseka Swiss Indoors Basel chempioni!
Finalgacha ATP reytingida 46-pog'onada borgan braziliyalik tennischi bosh sovrin uchun kechgan uchrashuvda dunyoning 18-raketkasi ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokinani mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Ikki soatu 28 daqiqa davom etgan bahsda Fonseka 6, Davidovich Fokina 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Bu Fonsekaning faoliyatidagi ikkinchi sovrin bo'ldi. Ilk titulini shu yilning fevralida Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o'tgan ATP 250 turnirida qo'lga kiritgandi.
Swiss Indoors Basel turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Fonsekaga 500 reyting ochkosi hamda 471 825 evro mukofot puli keltirdi. Davidovich Fokina esa 330 ochko va 253 875 evro ishlab oldi. Bugun elon qilingan yangilangan ATP reytingida Fonseka Top-30`talikda debyut qildi. U dunyoning 28-raketkasiga aylandi.

Fikrlar