11 mar 12:00
Yangiliklar
Tennis
Yannik Sinner Indian-Uells "Masters" 1/4 finalida
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner AQSHning Indian-Uells shahrida davom etayotgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirning chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Italiyalik tennischi nimchorak finalda ATP reytingida 35-pog'onada borayotgan braziliyalik Joao Fonsekani qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7:6 (8:6), 7:6 (7:4).
Ikki soatu bir daqiqa davom etgan bahsda Sinner 15, Fonseka 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Yannik 1 ta, Joao 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Endi Sinner 1/4 finalda ATP reytingida 27-o'rinni egallab turgan amerikalik Lyoner Tenga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar