24 may 16:03
Yangiliklar
Tennis
Jokovich Geneva Open 1/2 finaliga chiqdi
SHveycariyaning Jeneva shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich Gonet Geneva Open bosh sovrini uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Serbiyalik tennischi 1/4 finalda reytingning 27-pog'onasidan joy olgan niderlandiyalik Tallon Grikspurni mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 6/1.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi mutlaq ustunlik Novak tomonida - 4:0. Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 4 tadan eys zarbasini amalga oshirishgan. Qo'shxatolar Tallonda ancha ko'proq bo'ldi - 5 ga 1. Griskpur bitta ham breykka erisha olmadi - 0:4. Endi Jokovich chexiyalik Tomash Maxachga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar