26 iyu 19:20
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari
Jokovich ketma-ket 20-g'alabasini qo'lga kiritdi
Dunyoning birinchi raketkasi Olimpiadadagi navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Yan-Lennard SHtruff ustidan 6:4, 6:3 hisobidagi g'alaba Novak Jokovich uchun ketma-ket 20-g'alaba bo'ldi. Dastlab u, Belgraddagi 4 o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, "Rolan Garos" va "Uimbldon" kabi "katta toj" turkumiga kiruvchi musobaqalarda ettitadan g'alabani qo'lga kiritgandi. Endi esa, Olimpiadadagi ikki g'alaba.
Umuman olganda, Jokovich bu yil 39 marta kortga chiqqan bo'lsa, shulardan 36 tasida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar