11 may 08:56
Yangiliklar
Jokovich Rim "Masters" bosh sovrini uchun yurishini boshladi
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqaning ikkinchi davrasidan ishtirokini boshladi. Serbiyalik tennischi ATP reytingida 83-o'rinni egallab turgan franciyalik Korenten Mutega qarshi kortga chiqdi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/3, 6/1.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0. Sakson olti daqiqalik bahsda Jokovich bittagina eys zarbasini ijro etgan. Mute esa umuman eys zarbasini amalga oshira olmadi. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'yishmagan. Breyklar tabiiiyki, Novakda uch barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 2!
Endi Novak Jokovich Rim "Masters" turnirining uchinchi bosqichida Alexandro Tabiloga qarshi kortga chiqadi. CHililik tennischi ikkinchi davrada germaniyalik Yannik Ganfmannni 6/3, 7/6(4) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Fikrlar