16 avg 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons Miochichning kamari uchun og'ir vaznga o'tishini elon qildi + FOTO
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons bugun og'ir vaznda UFC kamarini himoya qilgan Stipe Miochichga "vyzov" tashladi.
"Og'ir vazn toifasidagi chempionlik jangi. Bu mening navbatdagi rejam bo'ladi. Juda tez orada ko'rishamiz. Stipening o'ng qo'l zarbalaridan extiyot bo'lish kerak. Ammo, men juda tez va kuchliman. Juda ko'p energiyaga ega bo'lgan fursat kelishini kutyapman. Men tez orada sayyoramizning eng yomon yigitiga aylaman", – deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Jons.
Eslatib o'tamiz, bugun tongda asli kelib chiqishi xorvatiyalik bo'lgan Stipe Miochich trilogiyada ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Kormeni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar