10 dek 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/6557_220.jpg)
Jon Molina 1,8 kg vazndan 2 soatda halos bo'lmasa, jang bekor qilinadi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nebraska shtati Omaxa shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Jang oldidan bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Oqshomning markaziy jangi birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Terens Krouford ishtirokida bo'lib o'tadi.
Amerikalik 29 yoshli bokschi Krouford (29-0, 20KO) hamyurti 33 yoshli Jon Molina (29-6, 23KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Krouford belgilangan vazn (63,5 kg)ni qayd etdi. U 63,3 kg tosh bosdi.
Molinaning esa 65,3 kg. ekanligi oydinlashdi. U 1,8 kg ko'proq vaznga ega ekanligi malum bo'ldi. U 2 soat ichida bu ortiqcha vazndan halos bo'lmasa, jang bekor qilinadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar