16 may 09:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Jons to'rtta jangga ikki daqiqa sarf qilgan raqibga “vyzov” tashladi
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons hozirgi vaqtda og'ir vazn toifasining eng kuchli jangchilaridan biri Frensis Ngannuga qarshi oktagonga chiqmoqchi.
“Nima deb o'ylaysizlar, kimning zarbasi kuchli va tezkor — Tiago Santos yoki Frensis Ngannu? Agar sizlar meni yana Santosga qarshi jang qiladi deb o'ylasangizlar, adashasizlar. Yarim og'ir vazn toifasida qiladigan ishlarim qolmadi, endi og'ir vaznda o'zimni ko'rsatmoqchiman. Men Ngannuga qarshi jang qilmoqchiman. SHartnomani jo'natsangizlar bo'ladi”, - degan Jons.
Malumot uchun, Ngannu oxirgi to'rtta jangida g'alaba qozonish uchun ikki daqiqa sarf qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar