So’nggi yangiliklar

09:40Сергей Ростовцев Италияда биринчи бўлди 0 09:03Асу Алмабаев UFC рейтингида яна юқорилади 0 08:25Дешам ЖЧ-2026 ярим финалида Франциянинг Испаниядан учраган мағлубияти сабабини айтди 0 19:30Қоч Ўзбекистон келяпти: Богдан Гусков тарихий имконият остонасида, Рамазон Темиров эса ўз йўлини давом эттиради (мутолаа учун) 0 19:05Дастин Порье фаолиятидаги энг кучли рақибни айтди. Бу Ислам Махачев эмас 0 18:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказишини маълум қилди 0 18:14Равшан Эрматов U-20 Жаҳон чемпионати санаси, янги стадион очилиши ҳамда Осиё кубоги мезбонлиги ҳақида гапирди 0 17:45UFC тарихида ўзбекистонлик жангчилар илк марта бундай натижага эришишди 0 17:23Магомед Анкалаев: "Мен билан жангга тайёргарлик кўриш учун 10 йил керак!" 0 16:57Ўзбекистон Davis Cup - Group III турниридаги иштирокини бошлаш арафасида 0 16:30Дешам Испанияга қарши ўйин олдидан: "Улар яққол фаворит" 0 15:58Царукяннинг жанги чемпионлик мақомида бўлади + ПОСТЕР 0 15:19Нурсултон Рўзибоев янгиланган рейтингда ТОП-15'га кириб олди 0 14:56Пауло Коста нега Анкалаев билан жангдан бош тортганини маълум қилди 0 14:23Колумбия футболчиси ўлим таҳдидлари туфайли ЖЧ-2026`дан сўнг ватанига қайтмади 0

13 fev 08:56
Yangiliklar

Og'ir atletika

Jo'raev jamoamizning Xalqaro birdamlik musobaqasidagi ishtirokiga chiroyli yakun yasadi

Toshkentda og'ir atletika bo'yicha 6-Xalqaro birdamlik musobaqa o'z yakuniga etdi.

Kecha musobaqaning so'nggi kun dasturida og'ir vaznli polvonlar ishtirok etishdi. Ushbu kun dasturida ko'pchilikning diqqat-etibori -109 kg vazn toifasida qatnashgan Akbar Jo'raevning chiqishiga qaratildi. Vakilimiz dast ko'tarish mashqida 189 kg, siltab ko'tarish yo'nalishida esa 221 kg og'irlikni zabt etdi. 

SHubhasiz, bu vazndagi qolgan sportchilar Jo'raevning natijasini takrorlay olishmadi va vakilimiz 3 ta oltin medalga sazovor bo'ldi. Bu yil 21 yoshni qarshi oladigan sportchimiz dast ko'tarish mashqida o'zining shaxsiy rekordini 1 kilogrammga yangilashga muvaffaq bo'ldi.

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -109 kg.:
1. Akbar Jo'raev (O'zbekiston) – 410 kg (189 kg, 221 kg)
2. Ibragim Bersanov (Qozog'iston) – 387 kg (181 kg, 206 kg)
3. Ki Sam Jeong (Janubiy Koreya) – 361 kg (171 kg, 190 kg)

-102 kilogramm vazn toifasida Umarbek SHohnazarov bronza medallari bilan taqdirlandi. Takidlash joiz, yosh polvonimiz bu toifada o'zidan ancha nomdor bo'lgan Ilya Ilin va Fares Elbax kabi atletlar bilan munosib raqobatlashdi.

Xalqaro birdamlik musobaqasi.
Erkaklar, -102 kg.:
1. Ilya Ilin (Qozog'iston) – 355 kg (160 kg, 195 kg)
2. Fares Elbax (Qatar) – 353 kg (159 kg, 194 kg)
3. Umarbek SHohnazarov (O'zbekiston) – 341 kg (155 kg, 186 kg)

SHuningdek, Dolera Davronova +87 kilogramm vazn toifasida kumush medallarni qo'lga kiritdi.

Mazkur musobaqa yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qilishi bilan katta ahamiyat kasb etar edi. Vakillarimiz bunday muvaffaqiyatli ishtirok bilan Olimpiada yo'lida o'z hisoblariga qimmatli reyting ochkolarini yozdirib qo'yishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

   
13 fev 12:11:39
Shohruh Lazizov
Tabriklimiza Akbari!!!
   
13 fev 09:23:08
Bek
Молодец. Руслан Нуриддиновга ҳақиқий ворис бўладиган спортчи етишиб чиқаяпти.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing