02 apr 08:04
Yangiliklar
Jordan tarixdagi eng ko'p maosh oluvchi sportchi! Ronaldu uchinchi
Kutilganidek, ushbu ro'yxatni Milliy basketbol associaciyasining (NBA) afsonaviy olti karra chempioni amerikalik Maykl Jordan boshqarib turibdi. U faoliyati davomida inflyaciya, yani pul qadrsizlanishini hisobga olgan holda 4,5 milliard dollar ishlab topgan.
Ikkinchi o'rinni golf qiroli Tayger Vuds egallab turgan bo'lsa, boylarning kuchli uchligiga Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu yakun yasagan.
Eng ko'p maosh oluvchi 10 nafar sportchi:
1. Maykl Jordan (inflyaciyani hisobga olganda — $ 4,5 mlrd; inflyaciyani hisobga olmaganda — $ 3,28 mlrd) — basketbol.
2. Tayger Vuds — ($ 2,88 mlrd; $ 1,97 mlrd) — golf.
3. Krishtianu Ronaldu ($ 2,52 mlrd; $ 2,09 mlrd) — futbol.
4. Lebron Jeyms ($ 2,03 mlrd; $ 1,62 mlrd) — basketbol.
5. Lionel Messi ($1,99 mlrd; $ 1,62 mlrd) — futbol.
6. Arnold Palmer ($ 1,85 mlrd; $ 885 mln) — golf.
7. Jek Niklaus ($ 1,83 mlrd; $ 930 mln) — golf.
8. Devid Bekxem ($ 1,68 mlrd; $ 1,26 mlrd) — futbol.
9. Rojer Federer ($ 1,67 mlrd; $ 1,29 mlrd) — tennis.
10. Floyd Meyvezer ($ 1,57 mlrd; $ 1,16 mlrd) — boks.

Fikrlar