22 fev 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua 2020 yilda Usik bilan jang qilishi mumkin
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, mijozi 2020 yilda birinchi og'ir vazn toifasi mutlaq chempioni Aleksandr Usikka qarshi jang qilishi mumkin.
"Joshua va Usik o'rtasida 2019 yilda jang o'tkazilaydi. Mazkur to'qnashuv 2020 yilda sodir bo'ladi. 2019 yilda Usik superog'ir vazn toifasida debyut qilishi lozim. U katta ehtimol bilan may oyida ringga ko'tariladi o'sha jangda Usikka Povetkin raqiblik qiladi.
SHundan so'ng Aleksandr Usik superog'ir vazn toifasida yana bitta jangda ringga chiqishi kerak. Keyin esa WBO rahbariyati unga rasmiy davogar maqomini beradi. Ayni paytda ushbu kamar Joshuaga tegishli. Menimcha mazkur to'qnashuv 2020 yilning bahorida o'tkazilsa kerak", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar