16 fev 14:27
Yangiliklar
Boks/MMA

“Joshua avvalgidek kuchli emas, ayniqsa zarbalari!”
Superog'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun jang o'tkazadigan amerikalik Jarrell Millerning promouteri Greg Koen 1 iyun kuniga belgilangan chempionlik jangi xususida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, yoz faslining birinchi kuni WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua AQSHda mezbon bokschi Jarrell Millerga qarshi ringga ko'tariladi.
“Joshua va uning jamoasi Amerika zaminida o'tkaziladigan debyut jang ularga shon-shuhrat keltiradi, deb o'ylashyapti. Bu bilan ular Deontey Uaylderga qarshi kechishi kutilayotgan jangga qiziqishni yana ham oshirishni maqsad qilishgan. Joshua Millerni oson mag'lub etaman deb o'ylasa, qattiq yanglishadi. Klichkoga qarshi kechgan jangdan keyin biz avvalgi Joshuani endi ko'rmayapmiz. Uning zarbalari ham avvalgidek kuchli emas”, - dedi promouter.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar