27 sen 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA

"Joshua bilan jang bo'ladi deb o'ylamayman. Tayson uni maydalab tashlaydi"
Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi jang haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Joshua va Fyuri jangi o'tkaziladi deb o'ylamayman, hatto Entoni revanshda Usikni mag'lub etsa ham. Agar ushbu jang hozir tashkil etilsa 12 raundga cho'ziladi deb o'ylamayman. Fyuri Joshuani shunchaki maydalab tashlaydi deb o'ylayman. Usik albatta ajoyib jang qildi.
Entoni Usik uchun kattalik qiladi deb o'ylagandim. Ammo yakunda uni nokaut qilishlariga oz qoldi. Joshua Fyuri bilan nima qila olishi mumkin? Siz bunday jangda Taysonning g'alabasi uchun uyingizni tikib yuborsangiz bo'ladi", - dedi Uorren.
Havola :
Manba : BBC
Fikrlar