14 mar 06:32
Yangiliklar

Joshua bilan jang yo'lida: Uaylder DAZN bilan muzokara o'tkazdi
DAZN amerikalik bokschiga har tomonlama manfaatli shartnoma taklif qilgan. Muzokarada Uaylder bilan birga El Xeymon, Lu Dibella va SHelli Finkel ham ishtirok etgan. DAZN televizion platformasi rahbari Jon Skipper muzokara ijobiy yakunlanishiga umid qilmoqda.
"Biz muzokara o'tkazdik. Lekin bu uchrashuvda hech qanday qaror qabul qilinmadi. Hozir biz rejalarimizni belgilab olishimiz kerak. SHundan keyin DAZN masalasida yakuniy qarorni elon qilamiz", - dedi Uaylderning menejeri SHelli Finkel.
Takidlash joiz, WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua DAZN bilan shartnoma imzolagan. Agar DAZN Deontey Uaylder bilan ham kelishuvga erishsa, u holda ikki jahon chempioni o'rtasidagi jangning o'tkazilish imkoniyatlari keskin oshib ketadi.
Fikrlar