10 dek 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua birinchi jangda nima sababdan mag'lub bo'lganini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua nima sababdan birinchi jangda Endi Ruisga mag'lub bo'lganini aytdi.
“O'shanda sog'lig'imda muammolar bor edi. Bu muammolar ancha oldin paydo bo'lgandi, lekin men buni charchoq sabab deb o'ylardim. Men tez charchardim va o'zimni xolsiz his qilardim.
Keyinchalik mening sog'lig'imda muammo borligi malum bo'ldi. SHundan so'ng muammoni jarrohlik yo'li bilan bartaraf etdik. Endi barchasi joyida va men ikkinchi jangda Ruisni taslim etishni uddaladim”, - dedi Joshua.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar