05 may 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Klichko. Revansh jangi kuzda o'tkazilishi mumkin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida IBF, IBO hamda WBA yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua va ukrainalik sobiq mutloq jahon chempioni Vladimir Klichko o'rtasida revansh jangi o'tkazilishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, revansh jangi shu yilning oktyabr oyida Uels poytaxti Kardiff shahrida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Klichkoning o'zi ham takroriy jangning o'tkazilishiga qarshi emas.
Agar Joshua kuzda o'z chempionlik kamarlarini munosib tarzda himoya qilsa, 2018 yilning aprel oyida Londondagi “Uembli” stadionida hamyurti Tayson Fyuri bilan jang o'tkazishi mumkin bo'ladi.
Havola :
Fikrlar