15 iyu 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Klichko revansh jangi “T-Mobile Arena”da o'tishi mumkin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni Entoni Joshua hamda sobiq mutloq jahon chempioni Vladimir Klichko o'rtasidagi revansh jangi Las-Vegas shahridagi “T-Mobile Arena”da o'tkazilishi mumkin.
Bu malumotni Joshuaning promouter britaniyalik Eddi Xirn ham tasdiqladi.
“Bizni Las-Vegasga uyushtirgan sayyohatimiz doirasida T-Mobile Arena majmuasiga olib borishdi. Bu arena bizga juda ham maqul keldi. Ikkala tomon ham aynan shu arenada jang o'tkazishdan manfaatdor. Muzokaralar esa davom etmoqda”, - dedi Xirn.
Malumot uchun, aynan mana shu arenada 26 avgust kuni amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer hamda aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor o'rtasida superjang bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar