24 apr 16:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: "Men Klichko uchun ringni do'zaxga aylantiraman"
IBF yo'nalishida superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua Klichkoga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men xech qanday bosim ostida emasman. Uning nimaga urinayotganini tahlil qilaman. Yakunda esa o'z uslubimga tushib olaman.
Men ringga chiqib olib, shunchaki zarba berib yuradigan bokschilardan emasman. Klichkoni o'rganib olish uchun 3-4 raund etadi. Ana undan so'ng raqibim uchun ring do'zaxga aylanadi.
Klichko jang boshida etakchilik qiladi, lekin yakunda men g'alaba qozonaman", - deydi Joshua.
Havola :
Manba : The Telegraph
Fikrlar