06 apr 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

“Joshua menga juda kam pul taklif qildi”
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt nega WBA,WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua bilan jangga rozi bo'lmaganini aytdi.
“Agar Joshua men bilan haqiqatdan ham jang qilishni istaganida, uning jamoasi menga bunchalik kam pul taklif qilmagan bo'lardi. Meni o'ziga bino qo'ygan deb o'ylashingiz mumkin, lekin menga taklif qilingan mablag' juda ham kam.
Menga 4 million, Tayson Fyuriga esa 15 million taklif qilinishi mantiqsizlikdan boshqa narsa emas. Fyuri mendan uch baravar mashhur deb o'ylamayman. Men og'ir vazndagi eng kuchli to'rt bokschidan biriman. Ular menga birinchi jang uchun chaqa berib, o'zlari boyishni istashdi. SHundan so'ng Joshua Miller bilan jang qiladi. Bo'lajak jangda Joshua qiyinchiliksiz g'alaba qozonadi”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar