26 fev 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: "Meni haftasiga ikki marotaba doping testdan o'tkazishadi"
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua raqibi Jarrell Millerning gaplariga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
Miller bungacha Joshuani taqiqlangan moddalarni istemol qilishda ayblagandi.
"Mening zalda qanday ishlashimni barcha biladi. Jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik bo'yicha majmuaviy mashqlarni bajaraman. Barchasi nazorat ostida. SHu jumladan ovqatlanishim ham. Bu mening hayotim. Men boksga borimni bag'ishlaganman.
SHuningdek, men Antidoping dasturlari bilan hamkorlik qilaman. VADA meni haftada ikki marotaba tekshiruvdan o'tkazadi. Bu 2012 yildan buyon davom etadi. Miller nima uchun havotir olayotganini tushunmayapman. Balki, uning o'zini qachonlardir taqiqlangan moddalar bilan tutib olishgani uchundir", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar