20 iyu 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua Meyvezer ofisida mehmon bo'ldi
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF hamda IBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua 5 ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer ofisiga tashrif buyurdi.
Joshua ushbu tashrifni isbotlovchi suratni o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan. Surat tagiga “Bu haqiqat” deb yozib qo'ygan.
Takidlash joiz, Meyvezer 26 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor Makgregorga qarshi boks qoidalari asosida o'tkaziladigan jangda ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar