08 fev 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Miller bilan jang uchun rekord miqdorda gonorar oladi
Superog'ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO va IBO yo'nalishi chempioni Entoni Joshua Jarrell Millerga qarshi jang uchun o'zi uchun rekord miqdorda bo'lgan gonorar pullarini ishlab oladi.
Britaniyalik charm qo'lqop ustasi mazkur bahs orqali 32 million dollar ishlab oladi.
U bungacha Aleksandr Povetkinga qarshi jang o'tkazib, 26 million dollar ishlab olgandi. Faoliyati davomidagi birinchi chempionlik jangida esa u 2 million dollar ishlab olgandi.
Avvalroq, Joshua va Miller jang borasida kelishib olishganligi haqida xabar qilingandi. Ammo, hozircha bu haqida rasman elon qilinmagan.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar