10 fev 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua - Miller jangi 1 iyun kuni bo'lib o'tadi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua navbatdagi himoya jangini AQSHda o'tkazadi.
Britaniyalik bokschi WBA reytingida ikkinchi o'rinda borayotgan Jarrell Millerga qarshi ringga ko'tailadi. Ushbu chempionlik jangini 1 iyun, yani yoz faslining birinchi kuni Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida bo'lib o'tadi.
ESPN telekanalining xabar berishicha, hozircha rasman jang shartnoma imzolanmagan. Lekin tomonlar aynan shu sana va manzilda jang o'tkazish bo'yicha og'zaki kelishib olishgan. Jangning rasman ertaga, dushanba kuni elon qilinishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar