19 fev 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Miller jangi chiptalari 3000 dollargacha narxda sotilyapti
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua hamda amerikalik davogar Jarrell Miller jangi uchun chiqarilgan chiptalar sotuvi boshlandi.
To'g'ri, hali chiptalarning rasmiy erkin savdosi boshlangani yo'q. Lekin hozirning o'zida Viagogo servisi orqali chiptalarni 300 dollardan 3000 dollargacha bo'lgan narxda xarid qilish mumkin.
Ushbu chempionlik jangi 1 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. Jang o'tadigan “Medison Skver Garden” arenasi chiptalar savdosi bo'yicha rekord o'rnatishi allaqachon mutaxassislar tomonidan aytilgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar