02 noy 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua-Molina hamda Uayt-CHisora janglari sanasi malum qilindi
Eddi Xirn boshqarayotgan Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi 10 dekabr kuni Angliyaning Manchester shahrida professional boks kechasi o'tkazilishini rasman malum qildi.
Markaziy jang superog'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Entoni Joshua (17-0, 17KO) ishtirokida bo'lib o'tadi. Britaniyalik 27 yoshli bokschi shu kuni amerikalik 34 yoshli Erik Molinaga (25-3, 19KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Bu Joshua uchun ikkinchi chempionlik himoya jangi bo'ladi. Yana bir qiziqarli jang 32 yoshli Derek CHisora (26-6, 18KO) va 28 yoshli Dillian Uayt (19-1, 15KO) o'rtasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar