11 avg 18:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: O'sha kuni men "avtopilot"da edim
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Endi Ruisga qarshi mag'lubiyat sababini gapirdi.
"Men kamarlarni olishim kerak edi. Qaerda ekanligimni tushunmay qoldim. Ruisga qarshi "avtopilot"da harakat qildim. O'sha kuni tushungan narsam jangda ishtirok etayotganim va buni avval ham amalga oshirganim edi. Ruisning zarbalari va nokdaunlari muammo bo'lmadi. Ammo, u menga shunday zarba berdiki, shundan so'ng men o'zimni tiklay olmadim. Ringda qolib jangni davom ettirdim, ammo tanam faqatgina 40 foizga tayyor edi. Bu esa menga aniq zarba berishga kamlik qilardi", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar