05 sen 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua: Ruis 7 dekabrga qadar chempion
Super og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Endi Ruisga qarshi revansh jangi uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men kamarlarimni yo'qotdim. Lekin, avval aytganimdek, chempion bo'lish uchun kamarlar bo'lishi shart emas. Endi 7 dekabrga qadar chempion. Ikki jangchi yana bir bor 7 dekabr kuni jangga kiradi. Kim kuchli bo'lsa, o'sha bu safar g'alaba qozonadi",-dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Ruis hamda Joshua o'rtasidagi revansh jangi shu yilning 7 dekabr sanasida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar