07 avg 11:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Ruis revansh jangi Saudiya Arabistonida o'tkazilishi mumkin
Kutilmaganda Saudiya Arabistoni WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Endi Ruis hamda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangi mezbonligiga asosiy davogarga aylanib oldi.
SHu kungacha har ikki bokschining promouterlari asosan ikkita joyni jang manzili sifatida qarashayotgan edi. Birinchisi, Ruis Joshuani shov-shuvli tarzda nokautga uchratgan AQSHning Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasi bo'lib, uni Ruis jamoasi ilgari surgandi.
Ikkinchi variant - bu Britaniya hududi, aniqrog'i Uels markaziy Kardiff shahridagi 80 000 tomoshabinga mo'ljallangan mahobatli stadion edi. Bu manzil Joshuaning promouteri Eddi Xirn tomonidan ko'rsatilgandi. Endi esa Saudiya Arabistoni ham revansh jangini o'tkazish istagini bildirdi.
Havola :
Fikrlar