05 iyu 16:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua shartnomaning revansh bandidan foydalanadi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua amaldagi chempion meksikalik Endi Ruisga qarshi revansh jangida ringga ko'tariladi.
Joshuaning o'zi ham, uning promouterlari ham birinchi jang shartnomasida ko'rsatilgan revansh jangi haqidagi banddan foydalanadi. Bu haqda britaniyalik bokschining promouteri Eddi Xirn xabar berdi.
Reja bo'yicha revansh jangi shu yilning noyabr yoki dekabr oyida bo'lib o'tadi. Katta ehtimol bilan jang Britaniya hududida, yana ham aniqrog'i Londonda o'tkaziladi. Joshua revansh jangi haqidagi yakuniy qarorini rasman 30 kun ichida bildirishi shart.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar